» » Toshkentda aholi orasida yana 2 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlarning umumiy soni 4937 nafarga yetdi

Toshkentda aholi orasida yana 2 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlarning umumiy soni 4937 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 13-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 36 nafarga ko‘paydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 26 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasidan aniqlangan bo‘lsa, 10 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari xorijdan kelib, qolgan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 2 nafari esa aholi orasida) qayd etilgan.

Yangi holatlardan so‘ng, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 4937 kishiga yetdi. Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lganlar soni 3837 kishini tashkil etmoqda, 1081 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilyapti. Ulardan 14 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Hozirga qadar butun mamlakat bo‘ylab virus asoratlaridan 19 kishi vafot etgan.

Avvalroq Toshkent va Samarqandda 79 nafar bemor koronavirusdan tuzalgani, ular orasida tojikistonlik fuqarolar hamborligi to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют