» » Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafoti sabab 3 nafar IIB xodimi hibsga olindi

Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafoti sabab 3 nafar IIB xodimi hibsga olindi


30-may kuni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam Andijon filialiga Andijon shahar Salohiyat ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A. tan jarohatlari bilan kelib tushgan. Bosh prokuraturaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, fuqaroning kaltaklanishiga aloqador uch nafar IIB xodimi hibsga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, 30-may kuni Andijon shahar IIO FMB 4-son IIB xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi (“Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish”) 1-qismi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Aniqlanishicha, IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakillari ish yurituvdagi ariza yuzasidan fuqaro A.A.ni IIB ma’muriy binosiga olib kelib, hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, noqonuniy ravishda ushlab turganliklari oqibatida uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, A.A. sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli Andijon shahar IIO FMB 4-son IIBdan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga yotqizilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida 1-iyun kuni 3 nafar ichki ishlar xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 206, 234 va 235-moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jabrlanuvchi A.A.ga shifokorlar tomonidan barcha tibbiy yordamlar ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramasdan u 11-iyun kuni vafot etgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Qashqadaryoda mol o‘g‘irlashda gumon qilingan erkak IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют