» » Sardoba suv toshqini sabab yopilib qolgan Toshkent—Samarqand yo‘li avtomobillar uchun ochildi. Harakatlanish kunduz kuni

Sardoba suv toshqini sabab yopilib qolgan Toshkent—Samarqand yo‘li avtomobillar uchun ochildi. Harakatlanish kunduz kuni


Toshkent—Samarqand yo‘nalishining Oqoltin tumani hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘li 13-iyundan transport vositalari uchun ochildi. Ushbu yo‘l orqali sutkaning yorug‘ vaqtida harakatlanish mumkin, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Oqoltin tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘li bilan Guliston yo‘nalishi bo‘yicha o‘tgan yo‘lni bog‘lab turuvchi A-373 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘liga 1-may kuni Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilishi oqibatida zarar yetgandi. Shu bilan birga, ushbu suv toshqini sabab Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi xalqaro, davlat va mahalliy avtomobil yo‘llari, yo‘l ko‘priklariga ham jiddiy zarar yetib, transport vositalarining harakatlanishi cheklangan edi.

Ta’kidlanishicha, viloyat hududidan boshqa viloyatlarga tranzit tartibida o‘tib ketayotgan haydovchilar endilikda Toshkent—Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha transport vositalarida harakatlanish vaqtida M-34 avtomobil yo‘lining 103-kilometridan A-373 avtomobil yo‘lidan foydalangan holda o‘tib ketishlari mumkin.

YHXBBning ma’lum qilishicha, yo‘lning ochilgan qismidagi ko‘priklarda ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi hamda tirbandliklarni oldini olish maqsadida sutkaning qorong‘u vaqtida transport vositalari M-34 avtomobil yo‘lining 103 kilometridan Toshkent—Dushanbe yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanishda davom ettiradi.

Shu bilan birga, tranzit tarzda Jizzax yo‘nalishidan Toshkent va vodiy viloyatlariga yo‘l olgan transport vositalari haydovchilari A-373 avtomobil yo‘lining 17-37 kilometrlarida ta’mirlash ishlari ketayotganligi sababli Mirzaobod tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘li orqali Guliston shahar yo‘nalishi tomon harakatlanib, M-34 avtomobil yo‘lining 119 kilometridagi chorrahaga chiqib olishlari va Toshkent hamda vodiy viloyatlari tomon yo‘nalishiga chiqib ketishlari mumkin.

Avvalroq Sirdaryoda suv toshqinidan zarar ko‘rgan 26 kilometr yo‘lga asfaltobeton yotqizilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют