» » Avvaliga sevishib keyin ajrashib ketgan mashhur turk yulduzlari

Avvaliga sevishib keyin ajrashib ketgan mashhur turk yulduzlari


Mazkur yulduzlar hayotiga nazar tashlab, ular jonlantirgan chin oshiq rollari filmlarda qolib ketganini bilish mumkin.

Melisa Asli Pamuk va Tolga Sala

O‘zbek tomoshabinlariga “Sevgi iztirobi” filmidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Melisa Asli, “Tirilish: Ertug‘rul” va “Chuqur” seriallari yulduzi Tolga bilan 10 yillik munosabatlardan keyin aloqalariga nuqta qo‘ygan. Shundan keyin aktrisa, futbolchi Oguz Ozyakul bilan uchrashishni boshlagan, juftlik ayni vaqtda to‘y taraddudini ko‘rmoqda.

Demet O‘zdemir va Jan Yaman

“Tong qushi” filmida aktyorlar sevishganlar rolini ijro qilgani, ularning shaxsiy hayotida ham o‘z aksini ko‘rsatgan. Unga qadar Demet O‘zdemir va aktyor Sechkin O‘zdemir o‘rtasida munosabatlar bo‘lgan, biroq Jan sabab ikkala O‘zdemir ham o‘z yo‘lidan ketgan. Jan va Demet munosabatlari ham uzoqqa bormagan, juftlik 2019-yilda do‘st bo‘lib xayrlashgan.

Chag‘atay Ulusoy va Duygu Sarishin

Yulduzli juftlik virus sabab e’lon qilingan karantin vaqtida ayrilgan. Qizig‘i, “Ichkarida” seriali yulduzi bo‘lgan Chag‘atay, izolyatsiya munosabatlarni mustahkamlash va ikki inson bir-birini yaxshiroq tushunishi uchun yaxshi imkoniyat ekanini bir necha marta ta’kidlagandi, avvalroq esa yanglishganini tan oldi. Duygu va Chag‘atoy ham do‘st bo‘lib qolishini e’lon qilgan holda hammasiga nuqta qo‘ygan.

Tuba Buyukustun va Umut Evirgan

2017-yildan beri uchrashib yurgan Tuba va Umut, yarim yillik munosabatlardan keyin 2020-yilda ajralgan. Hammasi tugagani haqida esa aktyor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilgan. Turk OAV ularning ayrilishiga turli bahonalarni sabab qilib ko‘rsatadi, haqiqat esa juftlikning o‘ziga ayon.

Turk seriallari muxlislari uchun:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют