» » Jizzaxda o‘zi enagalik qilgan uydan pul o‘g‘irlagan qizga jinoiy ish ochildi

Jizzaxda o‘zi enagalik qilgan uydan pul o‘g‘irlagan qizga jinoiy ish ochildi


Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida o‘zi enagalik qilgan uydan pul o‘g‘irlagan qizga jinoiy ish ochildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tumani ichki ishlar bo‘limiga 1981-yilda tug‘ilgan F.Q.dan uyini o‘g‘ri urib ketganligini bo‘yicha murojaat kelib tushgan. Uning ta’kidlashicha, o‘g‘ri uydagi temir seyf eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, 2 million 100 ming so‘m hamda 100 dollarni olib ketganini bildirgan.

Tezkor surishtiruvlar natijasida mazkur jinoyatni Jizzax shahrida yashovchi, turmushga chiqmagan, 1994-yilda tug‘ilgan D.M. sodir etganligi aniqlangan. U jinoyat yuz bergan turar joyda enaga bo‘lib ishlagan va imkon tug‘ilishi bilan vaziyatdan foydalangan.

Ayblanuvchidan 2 million 100 ming so‘m, 100 dollari hamda seyf kaliti hujjatlashtirib olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют