» » Fransiyalik rassom tovuq tuxumini bosib o‘tirib, jo‘ja ochib chiqdi

Fransiyalik rassom tovuq tuxumini bosib o‘tirib, jo‘ja ochib chiqdi


Fransiyalik rassom-aksionist Abraham Puanshevalyu Parij muzeyida tovuq bo‘lib tuxumdan jo‘ja ochib chiqishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi The Telegraph gazetasi.

“Tuxum” namoyishi doirasida Puanshevalyu “Tokio koshonasi”dagi maxsus oynali xonada yana to‘qqizta tuxum ochib chiqishi kerak. “Unga juda qiyin bo‘ldi. U tuxum ustida o‘tirgan holda uxladi. Bu qachondir o‘zini tosh ichiga qulflagan paytidan ancha qiyinroq”, — deydi muzey vakili.

Puanshevalyu o‘z aksiyasini mart oxirida boshlagan. U jo‘ja ochib chiqadigan qushlar hissiyotini tushunishni istamoqchiligini ta’kidladi. Maqsadiga erishish uchun erkak tana haroratini yuqori darajada ushlab turuvchi izolyatsiya ko‘rpasiga o‘ranib oldi.

Rassom 2-mart kuni ichi bo‘sh tosh ichidagi yetti kunlik aksiyasini yakunlagan edi. 2014-yilda rassom 13 kun ayiq tulumi ichida yashagan. Bu vaqt ichida u qurtlar va hasharotlar bilan oziqlangan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-04-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют