» » Rossiyada antitanaga tahlil topshirganlarning 14 foizida koronavirusga immunitet aniqlangan

Rossiyada antitanaga tahlil topshirganlarning 14 foizida koronavirusga immunitet aniqlangan


Rossiyada koronavirusga immunoferment tahlil orqali test topshirgan salkam 650 ming odamning 14 foizida immunitet aniqlangan. Bu haqda mamlakat bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikovaga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, test topshirganlarning asosiy qismi — 88 foizi Moskva hisobiga to‘g‘ri kelmoqda, biroq hozirga kelib skriningga Rossiyaning jami 47 mintaqasi ham qo‘shilgan.

“Hozirda Rospotrebnadzor Rossiya tarkibiy tuzilmalarida populyatsion tadqiqotlarni o‘tkazishga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda. Umid qilamizki, bu virus populyatsiyamizga qanchalik chuqur kirib borganini va aholimiz qanchalik tabiiy usulda himoyalanganini aniqlashimizda yordam beradi”, — deydi Golikova.

Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, mintaqalar test jarayonlarini Moskvadan keyin boshlayotganiga sabab, viloyatlar hududiga kasallik poytaxtdan keyin kirib borgan.

Golikova, shuningdek, Moskvadagi shifoxonalarning tibbiyot xodimlari ham immunoferment tahlil usuli orqali test topshirayotganiga to‘xtalib o‘tgan. Uning ta’kidlashicha, birinchi bosqichda 60 ta muassasadagi 15,5 ming tibbiyot xodimi tekshirilgan bo‘lib, ularning 16,5 foizida antitana aniqlangan. Qayta tekshiruvlar davomida antitanalar 32,4 foizida aniqlangan, xususan, ularning 21 foizida yana bir bor topilgan bo‘lsa, 11,4 foizida esa — birinchi bor antitana aniqlangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 520 ming kishidan oshdi. Hozirga qadar mamlakatda 274 mingdan ortiq bemor sog‘aygan bo‘lsa, 6829 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.

Avvalroq JSST vakili Rossiyada koronavirus qurbonlari sonining kamligini noodatiy deb atagan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют