» » Fransiya 15-iyundan turistlar uchun chegaralarini ochadi

Fransiya 15-iyundan turistlar uchun chegaralarini ochadi


Fransiya Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va boshqa bir qator Yevropa mamlakatlaridan keluvchi turistlar uchun chegaralarni ochadi. Bu haqda Fransiya TIV va IIV idoralarining qo‘shma bayonotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

“Fransiya Yevropa komissiyasining tavsiyalariga muvofiq 15-iyun soat 00:00 dan boshlab mamlakat ichidagi chegaralarga qo‘yilgan barcha cheklovlarni bekor qiladi”, — deyiladi hujjatda.

Ma’lum qilinishicha, 15-iyundan boshlab Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar, Andorra, Islandiya, Monako, Norvegiya, Lixtenshteyn, Shveysariya, Vatikan, Sen-Marten, San-Marino aholisi Fransiyaga hech qanday cheklovsiz kira oladi.

“Ushbu davlatlar aholisidan koronavirus yo‘qligi to‘g‘risida hech qanday sertifikat so‘ralmaydi, shuningdek, 14 kunlik karantinga yuborilmaydi”, — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, Fransiyaga tashrif buyuruvchi Ispaniya va Buyuk Britaniya aholisiga nisbatan cheklovlar saqlanib qolinadi.

May oyining o‘rtalarida Yevropa tashqi chegaralari taxminan 15-iyunga borib ochilishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, Fransiyada 23-maydan boshlab diniy marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют