» » Farg‘onada “moyka”dan o‘zganing Nexia mashinasini minib qochgan shaxs ushlandi

Farg‘onada “moyka”dan o‘zganing Nexia mashinasini minib qochgan shaxs ushlandi


11-iyun kuni Oltiariq tumanida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasidan Nexia-3 rusumli mashinani minib qochgan fuqaro ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 33 yoshli S.K. Oltiariq tumani IIBga qo‘ng‘iroq qilib, “Sharq” MFY hududida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasiga soat 14:00 larda o‘ziga tegishli Nexia-3 mashinasini qoldirib ketgani, biroq soat 15:30 da qaytib kelganida mashinani topa olmaganini bildirgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida S.K.ga tegishli Nexia-3 Farg‘ona shahar “Al-Xorazmiy” MFY hududidan topilib, avtomashinani 38 yoshli O.F. olib qochganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (“Transport vositasini olib qochish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida O.F. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 5) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют