» » O‘zbekistonlik Zarruh Adashev UFC’dagi debyut jangida 32 soniya ichida nokautga uchradi

O‘zbekistonlik Zarruh Adashev UFC’dagi debyut jangida 32 soniya ichida nokautga uchradi


Toshkent vaqti bilan 14-iyun tongida Las-Vegas shahrida (Nevada shtati, AQSh) UFC o‘zining navbatdagi musobaqasini o‘tkazdi.

E’tiborlisi unda o‘zbekistonlik MMA jangchisi Zarruh Adashev ham ishtirok etdi. Zarruh iyun oyida UFC bilan shartnoma imzolagandi.

Adashevga ushbu jangda tarjibali sportchi Tayson Nem raqiblik qildi. Jang atigi 32 soniya davom etdi. Zarruh hujumga o‘tgan vaqtda Taysonning o‘ng qo‘lda berilgan kuchli zarbasini o‘tkazib yubordi va nokautga uchradi.

Shu tariqa Adashevning UFC’dagi debyuti omadsiz chiqdi.

Ma’lumot uchun, Zarruh UFC’ga qadar Bellator promousheni bayrog‘i ostidagi musobaqalarda qatnashgan. MMA’dagi natijasi esa Nemga qadar shunday edi: to‘rtta jang, uchta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat. Samarqandlik 27 yoshli sportchi MMA’ga qadar kikboksing bilan professional tarzda shug‘ullangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют