» » Zinedin Zidan: “Real”ning oldida 11 ta final bor

Zinedin Zidan: “Real”ning oldida 11 ta final bor


“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan “Eybar”ga qarshi o‘yin oldidan musobaqa restartidan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

“Real”ni oldinda 11 final kutmoqda va biz La Ligada g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Ba’zida men fikrlarimni ispan tilida unchalik ham yaxshi ifoda eta olmayman. Biz uchun har bir o‘yin muhim, hatto o‘rtoqlik uchrashuvi ham. La Liga — bu juda uzoq davom etadigan musobaqa. Agar siz ichki chempionatda yaxshi o‘yin ko‘rsatsangiz, unda Chempionlar Ligasida ham yaxshi natijalar qayd etasiz.

La Liga — eng qiyin va eng uzoq davom etadigan musobaqalardan. Ispaniya chempionatida o‘ynash oson emas, chunki raqiblarning barchasi kuchli. “Real” libosida bo‘lganingizda, siz uchun har bir o‘yin muhim hisoblanadi”, — deydi Zidan.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” 13-iyun oqshomida 28-tur uchrashuvini safarda “Malyorka”ga qarshi o‘tkazib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. “Real”ning “Eybar”ga qarshi o‘yini esa 14-iyun Toshkent vaqti bilan 22:30 boshlanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют