» » Tiago Silva va Edinson Kavani PSJni tark etadigan bo‘ldi

Tiago Silva va Edinson Kavani PSJni tark etadigan bo‘ldi


PSJ sport direktori Leonardo Le Journal du Dimanche nashriga bergan intervyusida himoyachi himoyachi Tiago Silva va hujumchi Edinson Kavanining mavsum oxirida jamoani tark etishini ma’lum qildi.

“Kavani va Silva mavsum oxirida PSJni tark etishi haqiqat. Lekin biz ularni avgust oyidagi Chempionlar Ligasidagi o‘yinlargacha saqlab qolmoqchimiz”, — deydi Leonardo.

Qayd etish joiz, har ikkala futbolchining Parij klubi bilan shartnomalari 2020-yilning iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi.

Shuningdek, funksioner shartnomasi o‘z nihoyasiga yetayotgan himoyachilar Leyven Kurzava va Toma Menye, yarim himoyachi Erik Shupo-Moting ham parijliklar safini tark etishini ma’lum qildi.

Kavani ushbu mavsumda 22 o‘yinda 7 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Hozirda urugvaylik hujumchiga “Inter” va “Atletiko” klublari qiziqish bildirmoqda.

Silva 2012-yilda “Milan”dan Parijga 42 million yevroga ko‘chib o‘tgan. U 2019/20120-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 30 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va xuddi shuncha golga hammualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli muddatidan oldin yakunlanib, unda PSJ chempion deb tan olingan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 111) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют