» » Suhbatdoshda yaxshi taassurot qoldirish uchun 8 tavsiya

Suhbatdoshda yaxshi taassurot qoldirish uchun 8 tavsiya


Shaxsiy hayot, karyera va jamiyatda muloqotning o‘rni katta. Ko‘rinishingizga qarab kutib olishadi muomalangizga qarab kuzatishadi, degan gapda ham jon bor. Quyida suhbat jarayonida yaxshi taassurot qoldirish uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi borasida tavsiyalar berib o‘tamiz.

1. Suhbatdoshingizning ismini aytib murojaat qiling

Psixologlarning fikricha, suhbatdoshingiz har ismini eshitganida suhbatga diqqat bilan yondashib sizni yaxshiroq tinglaydi. Siz qarshingizdagi inson va muhokama qilinayotgan mavzuga befarq emasligingiz bilinadi.

2. Suhbatdoshingiz bilan avvalroq gaplashgan mavzuni ko‘taring

Bu orqali siz qarshingizdagi insonning fikrlari, qarashlarini hurmat qilishingizni bildirib, yaxshi taassurot qoldirasiz. Bu esa munosabatlarning uzoq borishini ta’minlaydi.

3. Suhbat davomida uchinchi bir shaxs haqida g‘iybat qilmang

Suhbatdoshingiz, u menga boshqani gapirdimi, demak men haqimda ham boshqalarga shunday gaplarni aytadi degan xayolga boradi. Bu esa o‘rtangizda ishonch tug‘ilmasdan so‘nishiga olib keladi.

4. Samimiy va ochiq bo‘ling

Ochiq yuzli, tabassum qilishni kanda qilmaydigan inson bilan hamma ham muloqot qilishni istaydi, aksincha bo‘lsa yaqin odamlar ham o‘zini uzoq tutishga harakat qiladi.

5. O‘z qarashlariga ega shaxs sifatida qiziqarli bo‘ling

Qarshingizdagi inson rahbar yoki sizdan katta lavozimda ishlagani uchungina nohaq bo‘lsa ham to‘g‘ri deb turmang. Madaniyatni saqlagan holda haqiqatni suhbatdoshingiz kim bo‘lishidan qat’i nazar muammolarni aytishdan cho‘chimang, u yoki bu mavzu yuzasidan fikr va taklif bildiring.

6. Ovozingizni balandlatmang

O‘zingizni sokin tutib, ovozingizni ko‘?tarmasdan fikr bildiring. Har qanday vaziyatda ham o‘zingizni nazorat qiling.

7. Tinglashni o‘rganing

Sizni kimdir eshitishi, fikringizni inobatga olishini istasangiz, avvalo boshqalarni tinglash va ularga quloq solishni o‘rganing.

8. O‘ziga xos bo‘ling

Aniq kimdandir andoza olmang, tavsiyalarga amal qiling. Ko‘chirish, birovlarga taqlid sizni o‘zligingizdan uzoqlashtiradi. Boringizcha bo‘ling, lekin boshqalar fikrini ham hurmat qilishga odatlaning.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют