» » Rossiyada koronavirusdan vafot etganlar soni 7 mingga yaqinlashdi

Rossiyada koronavirusdan vafot etganlar soni 7 mingga yaqinlashdi


Rossiyada oxirgi bir sutka ichida COVID-19 yuqtirib olish bilan bog‘liq 8835 ta yangi holat qayd etildi.

Bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan 129 taga ko‘p. Epidemiya boshlanganidan beri Rossiyada 528 ming 964 kishida COVID-19 koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan.

Yangi kasallanish holatlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Moskvada qayd etilgan — 1477 kishida koronavirus aniqlangan. Keyingi o‘rinlarda Moskva viloyati (+717), Sankt-Peterburg (+259), Sverdlovsk viloyati (+254) va Xanti-Mansiysk avtonom okrugi (+229) bormoqda.

Mavzuga doir: JSST vakili Rossiyada koronavirus qurbonlari sonining kamligini noodatiy deb atadi

Oxirgi bir sutka ichida 119 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan — bu bir kun oldingi ko‘rsatkichdan 5 nafarga ko‘p. COVID-19 epidemiyasi boshlanganidan beri mamlakatda 6948 kishi kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumgan.

Mavzuga doir: Rossiyada antitanaga tahlil topshirganlarning 14 foizida koronavirusga immunitet aniqlangan

14-iyun holatiga ko‘ra, Rossiyada 5409 kishi COVID-19’dan sog‘ayib, koronavirusdan tuzalganlar soni 280 ming 50 nafarga yetgan.

Rossiyada kasallik tarqala boshlaganidan buyon koronavirusga 14,8 milliondan ko‘proq test o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: Rossiyada yogurt yoki burunga tomiziladigan tomchilar shaklidagi vaksinalar paydo bo‘ladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют