» » Lionel Messi La Liganing ketma-ket 12 mavsumida 20 va undan ortiq gol urgan ilk futbolchiga aylandi

Lionel Messi La Liganing ketma-ket 12 mavsumida 20 va undan ortiq gol urgan ilk futbolchiga aylandi


Lionel Messi Ispaniya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan “Barselona” — “Malyorka” (4:0) o‘yinida bitta gol urdi va ikkita golga assistentlik qildi.

Shu tariqa, Messi Ispaniya chempionatining ketma-ket 12 mavsumida kamida 20 tadan gol urishga muvaffaq bo‘lgan ilk futbolchiga aylandi.

2008/09-yilgi mavsum (23 ta gol)

2009/10 (34)

2010/11 (31)

2011/12 (50)

2012/13 (46)

2013/14 (28)

2014/15 (43)

2015/16 (26)

2016/17 (37)

2017/18 (34)

2018/19 (36)

2019/20 (20).

Joriy mavsumda esa Messi barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U “Barselona” tarkibida jami 718 ta o‘yin o‘tkazib, 627 ta gol va 265 ta assistga mualliflik qilgan.

28-turdan keyin katalon klubi La Ligada birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi pog‘onada borayotgan “Real” peshqadamdan 5 ochkoga ortda qolmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют