» » O‘zbekistonda “sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasidagi poyezdlar qatnovi hamda “Afrosiyob”ning Samarqandgacha harakatlanishiga ruxsat berildi

O‘zbekistonda “sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasidagi poyezdlar qatnovi hamda “Afrosiyob”ning Samarqandgacha harakatlanishiga ruxsat berildi


O‘zbekistonda “sariq” va “yashil” toifalarga ajratilgan hududlar o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etgan holda poyezdlar qatnovi tiklanishiga ruxsat berildi. Bu haqda 14-iyun kuni Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asoslanib Telegram’dagi @koronavirusinfouz kanali xabar berdi.

Qayd etishlaricha, “fuqarolarga qulayliklar yaratib berish maqsadida va respublikada epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda” Respublika maxsus komissiyasi quyidagi poyezdlar qatnovi tiklanishiga ruxsat bergan:

“Bunda, Transport vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan birgalikda hududlardagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib poyezdlar qatnov rejasini belgilab boradi”, — deyiladi Respublika maxsus komissiyasi qarorida.

Shuningdek, Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya etgan holda “Afrosiyob” poyezdlarining qatnovlari yo‘lga qo‘yilishiga ruxsat berilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют