» » 90-yillardagi mashhur aktrisa Kamola Umarxo‘jayeva hozir qayerda va nimalar bilan band?

90-yillardagi mashhur aktrisa Kamola Umarxo‘jayeva hozir qayerda va nimalar bilan band?


“Sevgi”, “Ayollar saltanati”, “Yodgor” filmlaridagi obrazlari bilan tanilgan aktrisa Kamola Umarxo‘jayeva jurnalist Jasur Hamroyevga intervyu berdi. Ushbu suhbat chog‘ida aktrisa ayni paytda qayerda yashayotgani, nima ish bilan bandligi haqida so‘zlab berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kamola Umarxo‘jayeva 16 yildan beri Amerikaning Vashington shahrida yashab kelmoqda. U hozirda to‘rt nafar farzandining tarbiyasi bilan band.

“Amerikaga 2004-yilda til o‘rganish uchun kelganman. Bu mamlakatga kelganimda ingliz tilini umuman bilmasdim. Noldan boshlab o‘rganganman. Keyin turmush qurdim, farzandli bo‘ldim. Ikki farzandli bo‘lganimizda turmush o‘rtog‘im bilan ajrashdik. U bilan hozir ham do‘stona munosabatdamiz. Keyin ikkinchi marta oila qurdim. Hozirgi turmush o‘rtog‘im suriyalik. Ular ancha yillar oldin AQShga ko‘chib kelgan. U shu yerda ulg‘aygan. Hozirda uch o‘g‘il va bir qizim bor. Qizim 14 yoshda, katta o‘g‘lim 12 yosh, undan keyingisi 3 yosh va kenja o‘g‘lim 7 oylik”, — deydi suhbat davomida Kamola Umarxo‘jayeva.

Aktrisaning aytishicha, u yaqinda O‘zbekistonga kelishni rejalashtirayotgan edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli rejalarni kechiktirishga to‘g‘ri kelgan.

“Turmush o‘rtog‘im ham O‘zbekistonga borishni, Samarqand, Buxoro kabi qadimiy shaharlarni ko‘rishni orzu qiladi. Milliy taomlarimizdan osh va moshkichirini juda yaxshi ko‘radi. Ayrim o‘zbek tilidagi so‘zlarni ham biladi. Bizning oilamizda uchta tilda so‘zlashiladi. O‘zbek, ingliz va arab tillarida. Turmush o‘rtog‘imdan farzandlarimizga arab tilini ham o‘rgatishini so‘rayman. O‘zim ham arab tilini o‘rganmoqdaman. Menimcha, til o‘rganish — insonning eng yaxshi fazilatlaridan biri. Ko‘p til bilgan insonga ko‘p imoniyatlar eshigi ochiladi. Shuning uchun yoshlarga til o‘rganishni maslahat bergan bo‘lardim”, — deydi Kamola Umarxo‘jayeva.

Mavzuga doir: AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют