» » O‘zbekistonda endi karantin xarajatlari karantin talablarini buzganlar tomonidan qoplanadi

O‘zbekistonda endi karantin xarajatlari karantin talablarini buzganlar tomonidan qoplanadi


Respublika maxsus komissiyasining 14-iyun kuni e’lon qilingan qarorida karantin xarajatlarini qoplash bilan bog‘liq bir qator yangi talablar belgilandi. Bu haqda Telegram’dagi @koronavirusinfouz kanali xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, karantin cheklovlari sharoitida faoliyat yuritishiga ruxsat berilgan tadbirkorlik subyektlari (qurilish, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish obyektlari va boshqalar)ga tegishli obyektlarda belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etmaslik oqibatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda ushbu obyektlarni va shaxslarni karantinga olish hamda saqlash bilan bog‘liq xarajatlar mazkur subyektlar hisobidan qoplanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida bir kunda 195 kishida koronavirus aniqlangan, ularning 183 nafari shahardagi qurilish maydonchalarida ishlayotgan quruvchilar ekani ma’lum qilingan edi. Bundan tashqari, Qashqadaryoda Enter Engineering kompaniyasining 28 nafar chet ellik xodimida ham koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют