» » Andijonda fuqaro IIBdagi qiynoqdan so‘ng vafot etgach, besh kishi ishdan olindi, 19 kishi jazolandi

Andijonda fuqaro IIBdagi qiynoqdan so‘ng vafot etgach, besh kishi ishdan olindi, 19 kishi jazolandi


30-may kuni Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-sonli ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan ish yurituvidagi ariza yuzasidan ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan fuqaro A.Abdukarimov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga yotqizilgan va vrachlar tomonidan ko‘zdan kechirish davomida uning badanida og‘ir tan jarohatlari mavjudligi aniqlangan. Unga shifokorlar tomonidan zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramasdan, fuqaro A.Abdukarimov 11-iyun kuni vafot etgan.

Mavzuga doir: Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafoti sabab 3 nafar IIB xodimi hibsga olindi

Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tergov harakatlari davomida, uch nafar ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 206, 234 va 235-moddalari bilan ayb e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilganligi, hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi tergov jarayonida o‘rganiladi.

Mazkur holat yuzasidan IIV rahbariyati tomonidan zudlik bilan xizmat tekshiruvi tayinlanib, o‘tkazilgan tekshiruv xulosasiga ko‘ra, fuqaro A.Abdukarimovning ichki ishlar bo‘limida noqonuniy ushlab turilganligi va boshqa noqonuniy holatlar bo‘yicha bir qator xodimlarga nisbatan keskin intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

Xususan, Andijon shahar IIO FMB 4-son ichki ishlar bo‘limi jinoyat-qidiruv guruhi tezkor vakillari — katta leytenant F.Husanboyev, katta leytenant E.Rayimjonov va katta leytenant Q.Qodirov ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan. Andijon shahar IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik Sodiq Usmonov va Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB boshlig‘i podpolkovnik P.Mamajonov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Mavzuga doir: Andijon shahar IIO FMB boshlig‘i ishdan olindi

“Bundan tashqari, 19 nafar rahbar va xodimlarga turli ko‘rinishdagi qat’iy intizomiy tartibdagi jazolar qo‘llanilgan”, — deyiladi IIV rasmiy bayonotida. Qo‘shimcha qilinishicha, “inson huquqlarini himoya qilishdek muqaddas burchiga xiyonat qilgan xodim kechirilmaydi”.

Vazirlik yuzaga kelgan mazkur holat bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan adolatli tergov-surishtiruv ishlari amalga oshirilishi hamda qonun ustuvorligi va jinoyatga jazo muqarrarligi ta’minlanishini ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют