» » Key-Liga. Rustam Ashurmatov jamoasida irodali g‘alaba, Aliboyevning “Seul”i 6 ta gol o‘tkazib yutqazdi

Key-Liga. Rustam Ashurmatov jamoasida irodali g‘alaba, Aliboyevning “Seul”i 6 ta gol o‘tkazib yutqazdi


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan 14-iyun, yakshanba kungi bahslar o‘z nihoyasiga yetdi.

“Kvanju” jamoasi o‘z maydonida “Pusan Ay Park”ni qabul qildi. O‘zbekistonlik futbolchilar duelida Rustam Ashurmatov jamoasi g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq maydon egalari tanaffusdan keyin bunga uchta to‘p bilan javob qaytardi. Uchrashuvda Ashurmatov ham, Doston Tursunov ham to‘liq harakat qildi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Kvanju”ning ochkolari 7 taga yetdi va jamoa 8-o‘ringa ko‘tarildi. “Pusan Ay Park” esa (2) 11-o‘rinda qoldi.

Parallel bahsda “Seul” jamoasi “Tegu” maydonida mehmon bo‘ldi. Mezbonlar mazkur bahsda raqib darvozasiga javobsiz oltita to‘p kiritishga erishdi. Uchrashuvda Kim De Von dubl qayd etgan bo‘lsa, Sezinya va Deyan Damyanovich o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, yana ikkita avtogol qayd etildi. Ikrom Aliboyev o‘yinda to‘liq ishtirok etdi.

Shu tariqa ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgan “Seul” 6 ochko bilan 9-o‘ringa tushib ketdi.

Key-Liga

6-tur bahslari

14-iyun, yakshanba

Gollar: 1:0 – 45+2 Romulo, 1:1 – 61 Barboza, 2:1 – 70 Felipe, 3:1 – 90+1 Kim Ju Gon.

Gollar: 1:0 – 10 Sezinya, 2:0 – 4 Kim De Von, 3:0 – 41, avtogol Pak Chu Yon, 4:0 – 52 Kim De Von, 5:0 – 65, avtogol Jon Hyon Chhol, 6:0 – 72 Damyanovich.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют