» » Foto: Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov vertolyotni boshqarib, Ashxaboddagi qurilish maydonlarini ko‘zdan kechirdi

Foto: Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov vertolyotni boshqarib, Ashxaboddagi qurilish maydonlarini ko‘zdan kechirdi


Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov vertolyotni shaxsan o‘zi boshqarib, Ashxabod qurilish maydonlarida ketayotgan ishlarni havodan kuzatdi. Bu haqda “Turkmenistan segodnya” xabar bermoqda.

Berdimuhamedov mamlakat poytaxtida barpo etilayotgan 3 va 4 qavatli turar-joylar, ikki qavatli kottejlar, do‘konlar va ijtimoiy infrastrukturaning boshqa obyektlari qurilishi bilan tanishdi.

Yopiq inshootlarda va jangovar san’at turlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlari o‘tadigan Olimpiya shaharchasi ko‘zdan kechirildi. Hozirda bu yerda loyihalashtirilgan barcha obyektlarni bunyod etish yakunlangan.

Turkmaniston prezidenti shahar janubi-sharqidagi “Paraxat-7” turar-joy dahasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylar, ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan “Oq uy” kompleksida olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

Shuningdek, vertolyotdagi parvoz davomida Axal viloyati dalalarida bahorgi dehqonchilik yumushlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-04-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 137) ( 0) ( 135) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют