» » Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanida quriladigan yetti qavatli arzon uylar loyihasi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanida quriladigan yetti qavatli arzon uylar loyihasi bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni Olmazor tumanida barpo etiladigan arzon uylar loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanida quriladigan zamonaviy savdo markazi loyihasini ko‘zdan kechirdi

Kichik xalqa yo‘li va Qorasaroy ko‘chalari oralig‘ida 7 qavatli 12 turar-joy barpo etish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi. 800 xonadonga mo‘ljallangan ushbu uylar ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitini yaxshilash, ularni arzon, zamonaviy uy bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Prezidenti mazkur uylarda yashovchi oilalar ro‘yxatini shakllantirib, so‘ng qurilishni boshlash kerakligini ta’kidladi.

Bunda Eski shaharda yashovchi uy-joyga muhtoj oilalarni hisobga olish, uylar taqsimotida adolat mezonlariga qat’iy rioya etilishi zarurligi qayd etildi.

Uylarni qurish uchun 5 gektardan ziyod yer ajratiladi. Turar joylarni loyihalashtirishda mahalliy iqlim sharoiti, sanitariya va xavfsizlik talablari hamda xalqimizning milliy hayot tarziga xos boshqa jihatlar hisobga olingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-04-2017, 18:43)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют