» » Shota Arveladze: “Paxtakor” juda ham sekin o‘ynadi

Shota Arveladze: “Paxtakor” juda ham sekin o‘ynadi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi bahsdan (1:0) so‘ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Dastlab mehmonlar ustozi Shota Arveladze uchrashuv haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:

“O‘yin kutganimizdek qiyin kechdi. Chempionatning to‘xtab qolgani yomon bo‘ldi. Endi avvalgi holatga qaytishimiz lozim. Juda sekin o‘ynadik, sur’atni oshirmadik. Bunga mezbonlar ham o‘yinni ko‘p to‘xtatib, sababchi bo‘lishdi. Mezbonlarni olqishlashim mumkin. Karantindan keyin yaxshi holatga qaytib olishga bir necha o‘yin kerak bo‘ladi. Har ikki bo‘limda ham sekin harakat qildik”.

“So‘g‘diyona” bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev esa g‘alaba uchun shogirdlariga minnatdorchilik izhor etdi.

“Bugun amaldagi chempionga qarshi bahs olib bordik. Pandemiya bois o‘yin ritmini yo‘qotgan edik. Dastlabki 3 turda 1 ochko ishladik. Yigitlarga bugungi o‘yin uchun tashakkur izhor etaman, qiyin uchrashuvda g‘alaba qozondik. “Paxtakor”ga esa Chempionlar Ligasi bahslarida omad tilayman”, — deydi Baqoyev.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “So‘g‘diyona” ochkolarini sonini 4 taga yetkazib “Metallurg”ga yetib olgan bo‘lsa, “Paxtakor” ochkolari (9) o‘zgarishsiz qoldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют