» » Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz Andijonda fuqaroning IIB tomonidan qiynoqqa solinganini qat’iy qoraladi

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz Andijonda fuqaroning IIB tomonidan qiynoqqa solinganini qat’iy qoraladi


Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz Andijonda IIB xodimlari tomonidan fuqaroning qiynoqqa solinishiga bog‘liq holatni qat’iy qoralaydi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar berdi.

Andijon shahar IIO FMB 4-son IIBning xodimlari fuqaro A.A.ni IIB ma’muriy binosiga olib kelib, uning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, noqonuniy ravishda ushlab turgani to‘g‘risida xabar berilgandi. A.A. sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli Andijon shahar IIO FMB 4-son IIBdan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga yotqizilgan va 11-iyun kuni vafot etgan.

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz ushbu holatni qat’iy qoralashi haqida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu fojiali holat haqida OAV va internetda xabar tarqalgani zahoti Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshevga va ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga rasmiy xat bilan murojaat qilgan.

“Bu qayg‘uli holat, avvalo, navqiron bir insonning umriga zomin bo‘lgani va marhumning oila a’zolarini cheksiz motam-u ayriliq g‘amiga duchor etgani bilan har birimizni aslo befarq qoldirmaydi. Biz adolat to‘liq qaror topishini, bunday fojialar boshqa takrorlanmasligini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz”, — deyiladi xabarda.

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi tomonidan Andijon shahrida sodir bo‘lgan mazkur holat qat’iy nazoratga olingan.

Avvalroq Andijonda qiynoqdan vafot etgan fuqaro sabab IIBdagi besh kishi ishdan olingani va 19 kishi jazolangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Andijon shahar IIO FMB boshlig‘i ham ishdan olingan.

Mavzuga doir: Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafoti sabab 3 nafar IIB xodimi hibsga olindi

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Qashqadaryoda mol o‘g‘irlashda gumon qilingan erkak IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют