» » Toshkentdagi Talabalar shaharchasida O‘zbekiston talabalarining Milliy ilmiy-ma’rifiy markazi quriladi

Toshkentdagi Talabalar shaharchasida O‘zbekiston talabalarining Milliy ilmiy-ma’rifiy markazi quriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Talabalar shaharchasi hududida quriladigan axborot-resurs markazi loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Markaz elektron-resurslar, davriy adabiyotlar, mutolaa, multimedia va konferensiya zallarini o‘z ichiga oladi.

Bu Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti, o‘rta-maxsus ta’lim maskanlari o‘quvchi va talabalari, professor-o‘qituvchilariga katta qulaylik yaratadi.

O‘zbekiston Prezidenti markaz loyihasi va konsepsiyasini takomillashtirish, uning qamrovini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Prezidenti Qichqiriq bo‘yida quriladigan parkni “oilaviy sayr maskaniga aylantirish” haqida ko‘rsatma berdi

Majmuani O‘zbekiston talabalarining Milliy ilmiy-ma’rifiy markazi tarzida tashkil etish, dunyo universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatish, xalqaro talablar darajasidagi kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning ilmiy anjumanlarini yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanida quriladigan yetti qavatli arzon uylar loyihasi bilan tanishdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-04-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют