» » Ro‘ziqul Berdiyev: “Nasaf” jismoniy va taktik jihatdan “Navbahor”dan ustunlik qildi

Ro‘ziqul Berdiyev: “Nasaf” jismoniy va taktik jihatdan “Navbahor”dan ustunlik qildi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Navbahor” o‘yinidan (2:2) so‘ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari — Andrey Kanchelskis va Ro‘ziqul Berdiyev uchrashuv haqidagi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Dastlab namanganliklar ustozi Andrey Kanchelskis “Nasaf”ga qarshi o‘yin haqida shunday dedi:

“Ikki bor hisobda oldinda bora turib, g‘alabani qo‘ldan chiqarish juda ham alamli. Penaltini aniq amalga oshirganimizda, ishimiz biroz yengillashar edi. Nima bo‘lganda ham yigitlarga rahmat aytaman. “Nasaf” yaxshi shakllangan, iqtidorli futbolchilarga ega bo‘lgan jamoa sanaladi va ularga qarshi o‘ynash doim qiyin bo‘lgan.

Mavsum boshidan taqvim juda og‘ir kelgan edi. “Paxtakor”, “Andijon” va “Nasaf”ga qarshi safar o‘yinlari shular jumlasidan. Bu — futbol. Oldinga harakatlanishda, kelgusi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rishda, xatolar ustida ishlashda davom etamiz”.

“Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev esa jamoasining musobaqa jadvalida birinchi o‘rindan muqim joy olishga harakat qilishi haqida gapirdi.

“3 oylik tanaffusdan so‘ng bugun har ikkala jamoa ham shiddatkor, mazmunli o‘yin ko‘rsatdi. “Navbahor” qarshi hujumda o‘ynashini kutgan edik. Shunga qaramasdan, e’tiborni yo‘qotdik va ikkita to‘p o‘tkazib yubordik.

Jamoa oxiriga qadar kurashdi. Jismoniy va taktik jihatdan raqibdan ustunlik qildik. Jadvalda birinchi tursangiz, albatta bu narsa sizni xursand qiladi. Ushbu o‘rindan muqim joy olishga harakat qilamiz”, — deydi Berdiyev.

Ushbu natijadan keyin “Nasaf” ochkolari sonini 10 taga yetkazib olib, musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Navbahor” esa 5 ochko jamg‘argan holda 7-pog‘onaga ko‘tarildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют