» » Toni Kroos “Real”dagi shaxsiy rekordini yangiladi

Toni Kroos “Real”dagi shaxsiy rekordini yangiladi


“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos Ispaniya chempionati doirasida “Eybar”ga qarshi kechgan bahsda (3:1) o‘zining shaxsiy rekdordini yangiladi, deya xabar qilmoqda Squawka.

Kroos 2019/20-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda oltita gol urdi. Bunga qadar uning eng yaxshi natijasi beshta gol bo‘lgandi (2017/18-yilgi mavsumda).

2014/15-yilgi mavsum — 2 gol

2015/16-yilgi mavsum — 1 gol

2016/17-yilgi mavsum — 4 gol

2017/18-yilgi mavsum — 5 gol

2018/19-yilgi mavsum — 1 gol

2019/20-yilgi mavsum — 6 gol

Kroos madridliklar safida 267 ta o‘yinda ishtirok etib, 19 ta gol urishga erishgan va 68 bor golli uzatma muallifiga aylangan. “Bavariya” safida Toni 205 o‘yinda 24 gol va 49 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Kroos 2014-yildan buyon “Real”da to‘p surib keladi. Bunga qadar u “Bavariya” va “Bayer”da faoliyat yuritgan. Joriy mavsum 30 yoshli futbolchi 34 o‘yinda ishtirok etib, olti gol va to‘qqizta samarali uzatma amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют