» » Yo‘l o‘rtasidagi to‘siqlar bo‘ylab harakatlanuvchi Median AMB qutqaruv kapsulasi konsepti taqdim etildi (foto)

Yo‘l o‘rtasidagi to‘siqlar bo‘ylab harakatlanuvchi Median AMB qutqaruv kapsulasi konsepti taqdim etildi (foto)


Avtomobillar yo‘llarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari uchun qutqaruvchilarning o‘z vaqtida yetib kelishini ta’minlashga xizmat qiladigan Median AMB Expressway Ambulance System loyihasi taqdim etildi, deb xabar beradi CARakoom.

Mazkur loyiha ustida bir necha sanoat dizaynerlari ishlagan bo‘lib, 2018-yilda u RedDot Concept Design Award nufuzli dizaynerlik mukofotini qo‘lga kiritgan edi. 2020-yilda loyiha dizayni yangilangan.

Median AMB konsepsiyasi yo‘lni o‘rtasidan ajratib turuvchi markaziy to‘siqlardan tibbiyot transport vositalari harakati uchun yo‘l sifatida foydalanishni taklif etadi. Bir qarashda yangilik rels yo‘lidagi kichik kabinaga o‘xshaydi. U avtomobil tirbandliklaridan qochib, hodisa joyiga maksimal darajada tez yetib borish imkonini beradi.

Bir qarashda bu juda ajoyib g‘oyaga o‘xshaydi. YTH haqida signal eng yaqin stansiyaga kelib tushadi, ichida tibbiyot xodimlari bor kabina esa 3 daqiqa ichida hodisa joyiga yo‘l oladi.

Jarohat olgan shaxs kabinaga olinadi, shundan so‘ng yana stansiyaga qaytiladi. U yerda bemor tibbiyot avtomobiliga o‘tkazilib, yaqin atrofdagi kasalxonaga yetkaziladi.

To‘liq avtonom holatda harakatlanuvchi kabina ichidan tibbiyot xodimi va bir nafar bemorning yotishi uchun joy mavjud. Ichkaridagi paneldan belgilangan manzilgacha bo‘lgan masofa va vaqt, bemorning ahvoli to‘g‘risida bazaviy ma’lumotlar o‘rin oladi. Shu bilan birga, kabina ichida biror-bir jiddiy tibbiyot uskunasi bo‘lmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют