» » Insayder: Apple egiluvchan smartfon ustida ish olib bormoqda

Insayder: Apple egiluvchan smartfon ustida ish olib bormoqda


Jon Prosser ismli taniqli insayder o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali yaqin orada egiluvchan displeyga ega birinchi iPhone paydo bo‘lishiga shama qildi.

Jon Apple’ning birinchi egiluvchan smartfoni haqida batafsil ma’lumot bermagan, shunchaki bu kabi qurilma yaqin vaqtlar ichida paydo bo‘lishiga shama qilgan. Kompaniya joriy yilda syurpriz taqdim etish ehtimoli kam, biroq yangi iPhone 12 lineykasi haqida hozirda barcha narsa ma’lum. Shu sababli egiluvchan displeyga ega iPhone kamida 2021-yilda taqdim etilishi mumkin.

Apple’da egiluvchi qurilmani amalga oshirishning ikkita varianti mavjud — uni Galaxy Z Flip kabi “yig‘ma smartfon”ga aylantirish yoki teng yarmidan egiladigan katta planshet tarzida taqdim etish. Ikkinchi variantni amalga oshish ehtimolligi yuqori, chunki kompaniya bir vaqtning o‘zida ham smartfonlar va planshetlar ustida ish olib boradi, bu kabi qurilma gibridga aylanishi mumkin.

Avvalroq Apple kompaniyasi iPhone 12’ni hali taqdim etishga ulgurmasidan internetda 2021-yilgi iPhone modelining videosi va suratlari paydo bo‘lgandi.

Mavzuga doir: Insayder: iPhone 12 taqdimoti oktabrga ko‘chirildi

Jon Prosser bunga qadar ham Apple’ga bog‘liq bir qator yangiliklarni oldidan oshkor qilib kelgan, masalan, iPhone SE (2020)ning yoki yangi MacBook Pro’ning anonsi. Shu sababli insayderlar orasida u eng obro‘li hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют