» » Turkiya Iroqdagi kurdlarga qarshi yangi harbiy operatsiyani boshladi

Turkiya Iroqdagi kurdlarga qarshi yangi harbiy operatsiyani boshladi


Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolidagi Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi “Burgut changali” nomli harbiy operatsiyani boshladi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

“‘Burgut changali’ operatsiyasi boshlandi. Samolyotlarimiz terrorchilarning makonini yakson etmoqda”, — deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, Turkiya aviatsiyasi kurd kuchlari yashiringan g‘orlarni o‘qqa tutgan.

Keyinroq harbiy idoraning aniqlik kiritishicha, mazkur harbiy operatsiya Anqaraning o‘zini mudofaa qilish borasidagi qonuniy huquqi hisoblanadi. Shu sababli turk qurolli kuchlari Iroq shimolidagi ayrim terrorchilik guruhlarini yo‘q qilmoqda.

Anadolu’ning ma’lum qilishicha, harbiy operatsiyalar kurdlar tomonidan turk xavfsizlik kuchlarining dislokatsiya hududlari va politsiya uchastkasiga amalga oshirgan hujumidan so‘ng boshlangan.

Avvalroq Amerikaning Iroqdagi bazasi raketalar hujumiga uchragani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: AQSh rasmiylari harbiylarni Iroqdan olib chiqib ketish davom etishini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют