» » Zinedin Zidan La Ligadagi g‘alabalar soni bo‘yicha “Real” murabbiylari orasida 2-o‘ringa chiqib oldi

Zinedin Zidan La Ligadagi g‘alabalar soni bo‘yicha “Real” murabbiylari orasida 2-o‘ringa chiqib oldi


“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Primeradagi g‘alabalar soni bo‘yicha madridliklar tarixidagi murabbiylar orasida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

La Liga 28-turida “Real” o‘z uyida “Eybar”ni 3:1 hisobida taslim etdi. Bu Zidan uchun Ispaniya chempionatidagi 90-g‘alaba bo‘ldi. Bu borada mutaxassis Leo Benxakkerni (89) ortda qoldirdi va faqat Migel Munyosdan (257) ortda qolmoqda.

“Qaymoqranglilar” Zidan qo‘l ostida jami 200 ta o‘yin o‘tkazib, 132 marta g‘alaba qayd etgan, 42 bor durang o‘ynagan va 26 ta bahsda mag‘lub bo‘lgan. 47 yoshli mutaxassis “Real”da o‘nta sovringa ega chiqdi, ularning ichida uchta Chempionlar Ligasi bosh sovrini ham bor. Uning davrida Madrid klubi 486 ta gol urdi (har bir o‘yinda o‘rtacha 2,44) va 209 marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi (o‘rtacha 1,05).

“Real” Ispaniya chempionati joriy mavsumida 28 o‘yinda 59 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Qirollik klubi” peshqadam “Barselona”dan 2 ochko ortda qolmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют