» » Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialiga 2 ming dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan sobiq o‘qituvchi ushlandi

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialiga 2 ming dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan sobiq o‘qituvchi ushlandi


Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialiga 2 ming dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan sobiq o‘qituvchiga jinoiy ish ochildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali sobiq o‘qituvchisi R.B. fuqaro N.K.dan uni 2 ming dollar evazga mazkur filialga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan talab qilgan pul va pasport nusxasini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan R.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 1-qismi, 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют