» » O‘zbekiston OTMlariga kirish uchun 2020-yilda 7 toifadagi 8694 nafar abituriyentga imtiyozli davlat granti ajratiladi

O‘zbekiston OTMlariga kirish uchun 2020-yilda 7 toifadagi 8694 nafar abituriyentga imtiyozli davlat granti ajratiladi


O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga 2020/2021-o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida 7 toifadagi abituriyentlar uchun imtiyozli shartlarda davlat granti taqdim etiladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevga tayanib, “Kun.uz” xabar berdi.

Bosh vazir o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, yangi o‘quv yilida imtiyozli shartlarda davlat granti asosida jami 8694 ta o‘rin ajratilmoqda. O‘tgan yilda mazkur ko‘rsatkich qariyb 5 mingta bo‘lgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda OTMga kirish imtihonlarini 1-avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda

2020/2021-o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida imtiyozlar quyidagi 7 toifadagi abituriyentlar uchun taqdim etiladi:

Shuningdek, harbiy xizmatchilar va ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun beriladigan tavsiyanomalar bu yil ijodiy va kasbiy yo‘nalish uchun ham amal qiladi. Ilgari bu tavsiyanomalar faqatgina test asosidagi kirish imtihonlari uchun amal qilardi.

Qayd etilishicha, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul ko‘rsatkichi 2020-yilda 36 foizga yetkaziladi. 2019-yilda 108 915 ta o‘ringa talabalar qabul qilingan bo‘lsa, 2020-yil umumiy kvota 148 144 taga yetkazildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xotin-qizlarning OTMga kirishida qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosida kvota ajratiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda keyingi o‘quv yilidan faqat davlat granti kvotalari belgilanadi. To‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotasini OTMlar mustaqil belgilaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют