» » Yonayotgan uy surati 2020-yilning yangi memiga aylandi. Hamma gap oynadan sakrab qochishga uringan mushukda

Yonayotgan uy surati 2020-yilning yangi memiga aylandi. Hamma gap oynadan sakrab qochishga uringan mushukda


Reddit tarmog‘ida yonayotgan uy surati 2020-yilga, undagi mushuk esa ko‘ngilsizliklardan qochishga urinayotganlar ramziga qiyoslandi.

Reddit tarmog‘ining Viskonsindagi foydalanuvchilaridan biri uyi yonib ketganini ma’lum qilgan. Post muallifi bu vaqt ishda, xotini esa bolalar bilan sayrda bo‘lgan. Yong‘in signalizatsiyasini eshitgan qo‘shnilar uy ichidagi itni qutqarib qolishga ulgurgan.

Uy egasi o‘z posti ostiga qutqarib qolingan iti bilan tushgan rasmini qoldirgan. Biroq suratning orqa planiga yana bir qahramon — olovdan o‘zini qutqarayotgan mushuk ham tushib qolgan.

Uy butkul yonib ketganiga qaramay, uning egasi hayvonlari omon qolganidan xursand. To‘g‘risini aytganda, mushuk bir necha soatdan so‘ng politsiya tomonidan topilgan: hayvonning quloq va mo‘ylovlari kuygan. Qolgan tarafdan unga hech qanday shikast yetmagan.

Elli laqabli ushbu mushukning qochayotgani tasvirlangan surat Reddit’da mashhurlikka erishib, memga aylanib ketdi. Natijada yonayotgan uy 2020-yil ramziga (yanvar oyidan buyon davom etayotgan ko‘ngilsizliklar) aylangan. Elli esa ko‘ngilsizliklardan qochayotgan odamlarga qiyoslangan.

2020-yil. Men. Politsiya ofitserlari “ham xizmat, ham himoya qilmoqda”

2020-yil. Miyaning so‘nggi ikki hujayrasi

Mavzuga doir: “Uyda qoling yoki kelib biz bilan raqsga tushing!”. Mashhur memdagi tobutkashlar pandemiya munosabati bilan murojaat yo‘lladi (video)

Mavzuga doir: Qirolicha Yelizaveta II tarmoqlarda yangi mem qahramoniga aylandi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют