» » Yuksak kiyinish madaniyati va nozik didga ega 5 malika

Yuksak kiyinish madaniyati va nozik didga ega 5 malika


Qirollik oilasi vakillarining hammasi ham qimmatbaho va hashamatli kiyinishi mumkin, lekin did va uslubi bilan esda qoluvchilari sanoqli bo‘ladi.

Mariya-Antuanetta

Fransiyaning qirolicha-konsorti bo‘lgan Mariya Antuanetta Rouz Bertenga mansub keng va uzun liboslar kiyishni yoqtirgan. Malikaning suratlariga nazar tashlab, davrga nisbatan did va nafosat bilan kiyinganini ko‘rish mumkin.

Greys Kelli

Greys shahzoda Renye III ga turmushga chiqib, Monaka malikasi bo‘lguniga qadar aktrisa sifatida ma’lum bo‘lgan. 50-yillar kinoyulduzi bo‘lgan Kelli hamisha o‘ziga xos kiyinish uslubi bilan boshqalar e’tiborini tortgan.

Malika Margaret

Qirolicha Yelizaveta II ning singlisi malika Margaret o‘z davrining moda timsoli deb hisoblangan. U kiyinish borasida qirollik tartib-qoidalaridan chetga chiqmagan holda latofatli ko‘rsatuvchi va yuksak did bilan tikilgan liboslarni tanlagan.

Malika Diana

“Xalq malikasi” deb ta’rif beriladigan Diana odamlar xotirasida nafaqat oqila, rahmdilligi bilan, balki kiyinish borasidagi o‘ziga xos uslubda kiyinadigan qat’iyatli malika sifatida qolgan. Hali-hanuz dizayner va moda ixlosmandlari malikaning obrazlaridan ilhomlangan holda kolleksiya va yangi liboslar yaratadi. Nafosat bilan kiyinishni uddalagan Diana barcha ayollar uchun go‘zallik timsoli hisoblanadi.

Qirolicha Raniya

Qirolicha Raniya boshqa malika va qirollik oilasi vakillaridan rasmiy uslubda kiyinishni afzal bilishi va ushbu uslubda ayollarga xos nazokatga urg‘u berishi bilan ajralib turadi. U, asosan, qalam shaklini esga soluvchi yoki o‘rta uzunligidagi yubka, bluzka va pidjak, ingichka poshnali uchli tufli bilan obraz yaratishni yoqtiradi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют