» » O‘zbekiston mudofaa vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston mudofaa vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi


Polkovnik Alisher Norboyev O‘zbekiston mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Mazkur tayinlovga qadar polkovnik Alisher Norboyev Qurolli Kuchlar Bosh shtabi artilleriya boshqarmasi boshlig‘i — artilleriya qo‘mondoni lavozimida faoliyat yuritgan.

Alisher Norboyev 1979-yil 1-iyulda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan. 2000-yil Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtini, 2009-yil Qurolli Kuchlar akademiyasini, 2018-yilda Mixaylovsk artilleriya akademiyasining (Rossiya) malaka oshirish kursini bitirgan.

Polkovnik Zoirjon Bozorboyev mudofaa vazirining Moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ushbu tayinlovga qadar polkovnik Zoirjon Bozorboyev Mudofaa vazirligi Moddiy-texnik ta’minot bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Zoirjon Bozorboyev 1974-yil 19-sentabrda Xorazm viloyati Gurlan tumanida tug‘ilgan. 1995-yilda Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtini, 2011-yilda Qurolli Kuchlar akademiyasini tamomlagan.

Polkovnik Farhodjon Shermatov Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar polkovnik Farhodjon Shermatov Mudofaa vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Farhodjon Shermatov 1969-yil 25-noyabrda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 1991-yilda Leningrad oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtini, 1997-yilda Qurolli Kuchlar akademiyasini, 2006-yilda Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi akademiyasini tamomlagan.

Polkovnik Abdulla Hamroyev O‘zbekiston oliy harbiy aviatsiya bilim yurti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar polkovnik Abdulla Hamroyev Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy xavo kuchlariga qarashli harbiy qismlardan birining komandiri bo‘lgan.

Abdulla Hamroyev 1976-yil 20-aprelda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. 1998-yilda Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini, 2006-yilda Bundesvera bosh shtabi qo‘mondonlik akademiyasini, 2007-yilda Rossiya Harbiy havo kuchlari uchuvchi ofitserlarni jangovar mashg‘ulotlarga o‘rgatish markaziy kursini, 2014-yilda Qurolli Kuchlar akademiyasining qo‘mondonlik malaka oshirish va qayta tayyorlash oliy kursini bitirgan.

Avvalroq O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘i bilan ikkita harbiy okrugda lavozim tayinlovlari amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют