» » O‘zbekistonda 16-iyun kuni havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 16-iyun kuni havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda


“O‘zgidromet” 16-iyun kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют