» » Superliga. “Metallurg” Toshkentda “Lokomotiv”ni tor-mor qildi, Ubaydullayevdan esa shedevr gol (video)

Superliga. “Metallurg” Toshkentda “Lokomotiv”ni tor-mor qildi, Ubaydullayevdan esa shedevr gol (video)


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati 4-turining so‘nggi o‘yinida “Lokomotiv” va “Metallurg” jamoalari 15-iyun, dushanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limida maydon egalari bir qator imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Bekobodliklar Aleksandr Lobanovning qator seyvlari sabab gollardan qutulib qoldi. Ikkinchi bo‘lim esa mehmonlarga omadli keldi.

Dastlab zaxiradan maydoniga tushganiga ko‘p bo‘lmagan Abror Toshqo‘ziyevning 58-daqiqadagi aniq zarbasidan keyin “Metallurg” oldinga o‘tib oldi. 66-daqiqada Shahzod Ubaydullayev qanotdan uzatilgan to‘pga akrobatik tarzda zarba berib, chiroyli gol muallifiga aylandi.

72-daqiqada “ma’danchilar” qarshi hujumdan unumli foydalandi va Salamat Qutiboyev hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Ta’kidlash joiz, “Metallurg”ning uch goliga ham Doniyor Narzullayev assistentlik qildi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan so‘ng “Metallurg” ochkolarini 7 taga yetkazib olgan holda 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Lokomotiv” esa (6 ochko) 7-pog‘onaga tushib ketdi.

Superliga

4-tur bahsi

15-iyun, dushanba

Gollar: 0:1 – 58 Toshqo‘ziyev, 0:2 – 66 Ubaydullayev, 0:3 – 72 Qutiboyev.

“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Slavko Damyanovich, Davron Umirov, Kaxi Maxaradze, Vadim Afonin, Kirill Pogrebnyak (Javohir Alijonov, 75), Temurxo‘ja Abduxoliqov, Ibrohim G‘anixonov (Kamron Saydazimov, 46), Davron Hoshimov, Shuhrat Muhammadiyev (Dilshod Komilov, 75), Sherzod Fayziyev.

“Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Doniyor Narzullayev (Shahzod G‘ofurbekov, 74), Salamat Qutiboyev, Zohid Abdullayev (Shahzod Ubaydullayev, 57), Kamoliddin Tojiyev, Abdurahmon Abdulhaqov (Abror Toshqo‘ziyev, 57), Ixtiyor Toshpo‘latov, Stanislav Andreyev, Akbar Ismatullayev (Hudoyshukur Sattorov, 74), Yevgeniy Chumak.

Ogohlantirishlar: Maxaradze (13), Andreyev (82), Chumak (90+2), Abduxoliqov (90+2).

4-turdan so‘ng musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют