» » To‘yda boshlovchini so‘kkan Avazbek Olimov ortiq bunday qilmaslikka va’da berdi

To‘yda boshlovchini so‘kkan Avazbek Olimov ortiq bunday qilmaslikka va’da berdi


Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Avazbek Olimovning tadbirda so‘kingani aks etgan video tarqaldi. Videoda xonanda o‘zini Avaz Olimov deb tanishtirgan boshlovchiga “Mening ismim Avazbek, bog‘chada Avaz edim” deb qo‘pol tarzda so‘kinganini ko‘rish mumkin.

Madaniyat vazirligi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi san’atkor Avazbek Olimovdan tarqalgan video yuzasidan izoh so‘radi.

“Avazbek Olimov haqiqatdan ham xunuk holat sodir bo‘lganini tan oldi. Yo‘l qo‘ygan xatosini inkor etmasdan, o‘z tushuntirish xatida bu holatlar boshqa takrorlanmasligiga va’da berdi.

Avazbek Olimovga qayerda, qay holatda bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zini madaniyat sohasi vakiliga munosib tutishi lozimligi uqtirildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, vazirlik xabariga Avazbek Olimovning tilxati ham ilova qilingan. Tilxatda xonanda bunday holatlar boshqa takrorlanmasligiga va’da bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют