» » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 4000 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 4000 nafardan oshdi


O‘zbekistonda yana 23 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlarning 15 nafari Toshkentda, 6 nafari Samarqandda va 2 nafari Andijonda sog‘aydi. 15-iyun davomida 76 nafar bemor sog‘ayib, ushbu infeksiyadan forig‘ bo‘lganlarning umumiy soni 4019 nafarni tashkil etmoqda.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘aygan bemorlarni reabilitatsiyaga kuzatish tajribasidan voz kechilganini ma’lum qilingandi.

15-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 5154 nafarga yetgan.

Hozirda shifoxonalarda 1116 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hozirgacha koronavirusga chalinganlarning 19 nafari kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют