» » Toshkent viloyatida maktab direktori lavozimini egallashga yordam berish evaziga 2 ming dollar olgan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi xodimi ushlandi

Toshkent viloyatida maktab direktori lavozimini egallashga yordam berish evaziga 2 ming dollar olgan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi xodimi ushlandi


Firibgarlik ustida ushlangan Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi bosh mutaxassisiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi bosh mutaxassisi S.A. fuqaro E.Sh.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 2000 dollar evaziga Olmaliq shahridagi maktablardan biriga direktor lavozimini egallashiga yordam berishga va’da qilgan.

Shundan 200 dollar va 2,7 million so‘mni oldindan olgan. Qolgan 1500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют