» » Uy sharoitida yuz rangini yaxshilaymiz

Uy sharoitida yuz rangini yaxshilaymiz


Qish faslida yorug‘lik ta’siri yetishmasligidan va isitilgan xonalarda yetarlicha qurib ulgurgan yuz terisi och kulrang tusga kiradi. Qanday qilib terini toza va porlab turadigan ko‘rinishga keltirish to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Shakar — nafaqat shirin ta’m beruvchi, balki ajoyib tozalovchi vosita ham hisoblanadi. Iliq suvga biroz shakar va yuz uchun krem solib aralashtiring. Aralashma bilan yuzingiz terisini tozalasangiz, u ipakdek mayin va rangi chiroyli bo‘ladi.

Tabiiy yogurtdan yuz uchun niqob sifatida ham foydalanishingiz mumkin. U terini tetiklashtiradi va unga sog‘lom ko‘rinish baxsh etadi.

Kamroq miqdordagi yogurtni bir choy qoshiq suv bilan aralashtiring va yuzingizga surib qo‘ying. 20—30 daqiqadan so‘ng niqobni iliq suvda yuvib tashlang.

Bu sabzavot teri bilan bog‘liq muammolarda, shu jumladan yuz rangini yaxshilashda ham  yordam beradi.

Terining porlab turishi uchun 1 choy qoshiq bodring sharbatini 1 choy qoshiq limon sharbati bilan aralashtiring, aralashmani yuzingizga suring va to‘liq singib ketguncha qoldiring. Keyin suv bilan yuving.

Asalli niqoblar yuz terisi rangini normal holga keltirishga yordam beradi. Bir xil miqdordagi asal va quruq sutga bir tomchi limon sharbati solib aralashtiring. Aralashmani yuzingizga suring va qurigandan so‘ng iliq suvda yuving.

Manba: “Anysports.tv”

Опубликовано: admin (21-04-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют