» » Xitoyda “gorizontal osmono‘par bino” qurib bitkazildi (foto)

Xitoyda “gorizontal osmono‘par bino” qurib bitkazildi (foto)


Xitoyning Chunsin shahridagi Raffles City Chongqing osmono‘par binolar majmuasida yangi diqqatga sazovor maskan — Crystal nomli “gorizontal osmono‘par” bino foydalanishga topshirildi. Uni 250 metr balandlikda to‘rtta minora ko‘tarib turibdi. Binoning uzunligi 300 metrga, og‘irligi esa 12 ming tonnaga teng, deb xabar beradi CNN.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Crystal tashrif buyuruvchilar uchun o‘z eshiklarini ochgan. Tezyurar lift odamlarni 50 soniya ichida binoga olib chiqadi.

“Gorizontal osmono‘par” ichidan kelajakda Marsdagi hayotga bag‘ishlangan ko‘rgazma pavilyoni va shaffof polga ega pastni ko‘rish maydonchasi o‘rin olgan.

Yanszi va Szyalin daryolarini, shuningdek, shaharning ajoyib ko‘rinishini tomosha qilishga mo‘ljallangan maydoncha ko‘plab turistlarni o‘ziga jalb etadi.

Ta’kidlanishicha, ba’zi tashrif buyuruvchilar shishali poldagi ko‘rish maydonchasida o‘zini yomon his qilib, boshlari aylanib ketgan. Ayrimlar uchun esa bu kabi polda bir necha qadam tashlash — haqiqiy muammoga aylangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin kunlar ichida Crystal’da ulkan basseyn, restoran va barlarga ega xususiy klub ham ochilishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: Fotofakt: Gonkongdagi osmono‘par binolarning “tuynuklari” siri

Mavzuga doir: Foto: Xertogenbosdagi dumaloq uylar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют