» » Andijonda elektr hisoblagichdagi “kamchilikni yopib berish” uchun 400 dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi

Andijonda elektr hisoblagichdagi “kamchilikni yopib berish” uchun 400 dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi


Andijon viloyati Baliqchi tumanida elektr hisoblagichidagi kamchiliklarni rasmiylashtirmaslik evaziga fuqarodan 400 dollar talab qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

Mazkur holat bo‘yicha Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro A.Sh. Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro S.S.ning uyida elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tekshiruvida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha 40 million so‘m atrofida jarima to‘lashi kerakligini aytgan. A. Sh. ushbu holat bo‘yicha bayonnoma tuzdirmaslik evaziga S.S.dan 400 dollar talab qilgan. Mazkur shaxs 1 million so‘m va 300 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют