» » Nukusda IIB xodimi tug‘ilgan kunida mastlik sababli suvga cho‘kayotgan erkakni qutqardi

Nukusda IIB xodimi tug‘ilgan kunida mastlik sababli suvga cho‘kayotgan erkakni qutqardi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida 12-iyun kuni 63 yoshli erkak tug‘ilgan kunini nishonlab, spirtli ichimlik ta’sirida kanalda cho‘milish vaqtida oqib ketgan va hudud profilaktika inspektori tomonidan qutqarib qolingan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 12-iyun kuni 63 yoshni qarshilagan nukuslik fuqaro S.B. tug‘ilgan kuni bahonasida ikki qo‘shnisi bilan yashash joyiga yaqin joydan oqib o‘tuvchi “Qatti ag‘ar” kanaliga cho‘milish uchun borgan. Spirtli ichimlik ta’sirida cho‘milishga tushgan ulfatlar birozdan so‘ng tavallud kuni sohibining g‘oyib bo‘lib qolganini payqagan.

Voqea bo‘yicha dastlab ichki ishlar, so‘ngra favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, prokuraturaga xabar berilib, qidiruv ishlari boshlab yuborilgan.

Qidiruv ishlarida ishtirok etayotgan hudud profilaktika inspektori, katta leytenant Rafat Xojaniyazov g‘ovvoslar fuqaroni suv tubidan izlayotgan bir paytda yon atrofni ko‘zdan kechirishni boshlagan. Voqea joyidan 3 kilometr yo‘l yurgan profilaktika inspektori kanal bo‘yidagi daraxt shoxlariga tirmashib, suvdan chiqishga harakat qilayotgan fuqaroni ko‘rib, uning suvdan chiqishiga yordam bergan. Bu fuqaro cho‘kib ketgani taxmin qilingan S.B. bo‘lib chiqdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют