» » Toshkentda yana 19 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlar soni 5293 kishiga yetdi

Toshkentda yana 19 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlar soni 5293 kishiga yetdi


O‘zbekistonda 16-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 30 kishiga ko‘payib, 5293 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 9 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 19 nafari Toshkent shahrida (shundan 15 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 4 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent viloyatida xorijdan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan.

Ayni paytda qadar O‘zbekistonda 4019 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (76 foiz) sog‘aygan.

“Hozirda mamlakatimizda 1255 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 14 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 19 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyining o‘zida 4 nafar bemor vafot etdi.

Mavzuga doir: Surxondaryoda koronavirusga chalingan yangi bemorlar haqida ma’lumot berildi. Viloyatning 7 hududida karantin choralari kuchaytirildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют