» » Toshkentda “Abu Saxiy” buyum bozori va Sergeli mashina bozori ishga tushdi (video)

Toshkentda “Abu Saxiy” buyum bozori va Sergeli mashina bozori ishga tushdi (video)


O‘zbekistonda 15-iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilgan edi. Toshkentda 16-iyundan boshlab “Abu Saxiy” buyum bozori (“Toshkent savdo markazi”) ishga tushdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan bozorda odam gavjumligini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, Sergelidagi mashina bozori (“Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” kompaniyasi) ham ish boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, karantin paytida ishga tushgan buyum bozorlari doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlanishi, sotuvchilar va xaridorlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi, shuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda buyum bozorlari hududiga kiritmaslik choralarini ko‘rish talab etiladi.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekistonda karantin tadbirlari 1-avgustga qadar uzaytirilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin davrida buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilishi xavfli emasmi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют