» » Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi Imom Termiziy jome’ masjidida bo‘ldi. Masjidni rekonstruksiya qilish bo‘yicha topshiriq berildi

Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi Imom Termiziy jome’ masjidida bo‘ldi. Masjidni rekonstruksiya qilish bo‘yicha topshiriq berildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyov Toshkentning Olmazor tumanidagi Imom Termiziy jome’ masjidida bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zA.

O‘zAning qayd etishicha, islom madaniyati rivojiga hissa qo‘shgan Abu Iso Termiziy va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish bo‘yicha “samarali ishlar amalga oshirilmoqda”.

Biz baxtiyor avlodmiz, baxtli xalqmiz, chunki shunday buyuk ajdodlarning vorisimiz. Xalqimiz farovonligi, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida qilayotgan ishlarimiz bilan ulug‘ ajdodlarimizga munosib bo‘lishimiz kerak. Bu barchamizdan yuksak mas’uliyat talab qiladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev nuroniylar bilan suhbatda dunyoning turli hududlarida islom dinini niqob qilib olgan kimsalar qanchadan-qancha begunoh odamlarning umriga zomin bo‘layotganini, bunday qabih harakatlar muqaddas dinimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini, farzandlarimizni ana shunday yovuz niyatli kuchlar, ekstremistik g‘oyalar ta’siridan asrab-avaylashimiz zarurligini qayd etdi.

Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida Islom madaniyati markazini tashkil qilamiz. Yurtdoshlarimiz, mamlakatimizga keladigan mehmonlar bu yerda buyuk allomalarimizning bebaho merosi namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Prezidentimiz mutasaddilarga masjidni rekonstruksiya qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Mavzuga doir: Toshkentning Olmazor tumanida yangi sanoat zonasi tashkil etiladi. Shavkat Mirziyoyev uning loyihasi bilan tanishdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-04-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют