» » KXDR Kesondagi Koreyalararo aloqa ofisini portlatib yubordi

KXDR Kesondagi Koreyalararo aloqa ofisini portlatib yubordi


16-iyun kuni Shimoliy Koreya harbiylari Keson shahrida joylashgan Koreyalararo aloqa ofisini portlatib yubordi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi xabar berdi.

Janubiy Koreya hukumati KXDR tomoni ikki mamlakat o‘rtasida yuzaga kelgan keskinlik fonida binoni portlatib yuborganini tasdiqladi.

Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi ham ofis butkul yakson etilgani to‘g‘risidagi xabarni tasdiqlagan.

Mazkur aloqa ofisi KXDR va Janubiy Koreya munosabatlari yaxshi tomonga o‘zgarishi fonida 2018-yilning sentabrida ochilgan edi.

Avvalroq KXDR Keson shahridagi Koreyalararo aloqa ofisiga Janubiy Koreya vakillari tomonidan amalga oshirilgan telefon qo‘ng‘iroqlariga javob qaytarmay qo‘ygani, 9-iyundan boshlab esa ikki mamlakat o‘rtasidagi mavjud barcha aloqa kanallarini to‘xtatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, KXDR Seul bilan barcha aloqa liniyalarini Pxenyanga qarshi yuborilgan tashviqot varaqalari sabab bloklagan.

Mavzuga doir: 

Ma’lumot uchun, Koreyalararo aloqa ofisi 2018-yilning sentabrida chegaraoldi hududi hisoblanuvchi Kesonda ochilgan edi. Uning faoliyati ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют