» » AQShda koronavirusni davolashda bezgakka qarshi preparatlar samarasiz deb topildi

AQShda koronavirusni davolashda bezgakka qarshi preparatlar samarasiz deb topildi


AQShning Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifati bo‘yicha sanitariya nazorati boshqarmasi (FDA) kasalxonaga yotqizilgan bemorlarni koronavirusdan davolashda bezgakka qarshi gidroksixloroxin va xloroxin preparatlaridan foydalanishga bergan ruxsatini bekor qildi. Bu haqda boshqarmaning 15-iyun kuni e’lon qilgan hujjatida ma’lum qilgan.

Unda qayd etilishicha, yangi klinik tadqiqotlar endilikda ushbu dorilarni koronavirusga qarshi samarali deb topishga hech qanday sabab yo‘qligini ko‘rsatgan.

“Biz ilm-fanga tayanishimiz, COVID-19 haqida yanada ko‘proq ma’lumot olganimiz sari bu boradagi qarorlarimiz o‘zgarishi mumkinligini ta’kidlagandik”, — deydi FDA’ning tibbiy va ilmiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Anand Shah.

Gidroksixlorin bezgak va revmatologik kasalliklarga qarshi preparatdir. 28-mart kuni FDA undan kasalxonaga yotqizilgan bemorlarni koronavirusdan davolashda foydalanishga ruxsat bergandi. FDA un shifokor nazoratisiz qo‘llashni tavsiya etmagan.

24-aprel kuni ayrim bemorlar yuragida muammolar kuzatilgan va 20 nafar ko‘ngilli ushbu holat oqibatida vafot etgani sababli AQShda bezgakka qarshi xloroxin preparatini koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda qo‘llash bo‘yicha sinovlar to‘xtatilgandi.

AQSh prezidenti Donald Trampning koronavirusni davolashda bezgakka qarshi preparatlarning samarali ekanligi to‘g‘risidagi so‘zlaridan so‘ng bezgakka qarshi gidroksixloroxin va xlorin preparatlariga talab 46 baravar oshgan.

Prezident preparatlarning koronavirusni davolashda ta’sirini bir necha bor ijobiy baholagan. Mutaxassislar esa COVID-19’ni davolashda rasman tasdiqlanmagan ushbu preparatlar haqida bunday xulosaga kelishga hali erta ekanligini aytib, uning ko‘plab salbiy ta’sirlari borligidan ogohlantirgan.

22-maydan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ekspertlar guruhi gidroksixloroxin va xloroxinni COVID-19 kasalligini davolashda qo‘llashni vaqtincha to‘xtatdi, bunga ushbu dorilar tufayli o‘lim holatining oshgani sabab bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют